Foto: iStock
1 fevral kuni Andijon viloyati Asaka tuman hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limiga qarashli bo‘lgan G‘.Yoqubov massivi raisi N.S. 8 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, G‘.Yoqubov massivi raisi N.S. fuqaro A.A.dan uning nomiga mazkur massivda joylashgan «Oqbo‘yra agro» fermer xo‘jaligi yer maydonidan 30 sotix yer maydonini «Issiqxona» qurish uchun qishloq xo‘jaligi elektron xaritasini yaratib berish, keyinchalik ushbu yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15.000 (o‘n besh ming) AQSH dollari talab qilgan.
1 fevral kuni fuqaro A.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs talab qilgan poraning 8 ming dollarini «Asaka dehqon bozori» MCHJ avtoturargohida o‘zining avtomashinasida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar