15:03 / 04.02.2022
1 266

«O‘zgidromet»: Hafta oxirida ob-havo keskin yomonlashadi

«O‘zgidromet»: Hafta oxirida ob-havo keskin yomonlashadi
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutimoqda. Harorat foni ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Bugun kunduz kuni havo 12-14 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 16-daraja iliqgacha isiydi.

Ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 20-22 daraja iliqgacha ko‘tariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakatimiz bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, harorat kunduz kuni 4-9 daraja iliqgacha, shimolda 0-5 daraja iliqgacha pasayadi.

4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
  • 4 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
  • 5-6 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zgidromet»: Hafta oxirida ob-havo keskin yomonlashadi