1 003
Buxoroda futbol o‘ynagan ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Holatni o‘rgangan viloyat IIB janjal ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida yuzaga kelganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 5 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Jondor tumani «Nurafshon» mahallasining «Moxon» qishlog‘ida joylashgan stadionda «Tobagar» va «Chandir» qishloqlari fuqarolari o‘zaro futbol o‘yini o‘ynagan.
Ta’kidlanishicha, futbol o‘yinining tashkil qilinishi, o‘yin davomida sodir bo‘lgan janjal va bu jarayonda biror bir fuqaroning tan jarohati olgani to‘g‘risida fuqarolarning o‘zi yoki boshqa shaxslar tomonidan Ichki ishlar boshqarmasining 102 avtomatlashtirilgan tizimiga, tibbiy muassasalarga, 103 qisqa raqamli tez yordam xizmatiga, tuman IIB navbatchilik qismi va hududiy profilaktika inspektoriga murojaat kelib tushmagan.
«Holatga va ushbu fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda ularning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi