12:37 / 08.02.2022
847

Toshkent viloyatida pora olgan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida pora olgan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sudyalar oliy kengashining 7 fevral kungi yig‘ilishida Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasini jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma muhokama qilindi. Bu haqda kengash axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, kengash yakunida sudya T.O.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.

«Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deyiladi xabarda.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning ma’lum qilishicha, kengashda masalasi ko‘rilgan sudya Yuqori Chirchiq tumanlararo sudida ishlab kelgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur sudya yer bilan bog‘liq nizoni ijobiy hal qilish evaziga jinoiy sherigi bilan birga 3 ming AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida pora olgan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi