Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchilar o‘quv muassasasida ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsiz ekani tufayli ota-onalar oldida tik turib, uzr so‘ragani xabar qilingandi. Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqdi.
- "Marhamat tumanidagi o‘qituvchilarning uzr so‘rashi bo‘yicha keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan postlarga munosabat bildirmoqchiman. Prezidentimizning ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘tkazgan selektordan so‘ng, viloyatimiz hokimi tomonidan tumanlarda, maktablarda qilinadigan ishlar va o‘z o‘rnida hech bir rahbar va o‘qituvchilarga chora ko‘rmaslik bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan.
Bundan tashqari, Marhamat tumanidagi o‘qituvchilar va ota-onalar hamkorligida o‘tkazilgan yig‘ilishdagi holatlar o‘qituvchilarning ruhiyatiga ta’sir qilgan bo‘lsa, men tuman hokimi sifatida barcha ustoz-murabbiylardan uzr so‘rayman.
Barcha ustoz-murabbiylarni doimo qo‘llab-quvvatlab, ularga yelkadosh bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, yetuk insonlarni tarbiyalashda kamarbasta bo‘lamiz", - deydi Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev.
Shuningdek, o‘qituvchilarning uzr so‘rashi bilan bog‘liq holatga Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ham munosabat bildirdi. Uning qayd etishicha, bunday yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin emasligi bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan, tuman hokimining o‘rinbosariga aytilgan va bu tashabbus mudir tomonidan berilmagan.
«Mazkur holat yuzasidan menga ma’lum bo‘lganidan so‘ng, men viloyat hokimining o‘rinbosariga va tuman hokimiga mazkur mazmundagi yig‘ilishlar viloyat hokimining va ustozlarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lishini aytganimdan so‘ng, yig‘ilishlarni o‘tkazilishi oldi olindi.
Yuqoridagi holatlarni o‘z vaqtida oldini olmaganim uchun va ustozlarni himoya qilmaganim uchun barchangizdan uzr so‘rayman», — deyiladi munosabatda.
Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham ushbu holatga munosabat bildirib, «xatoga yo‘l qo‘ygan har qanday rahbarga qonunda belgilangan jazo choralarini ko‘rilishini ta’minlanishini»ni ta’kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"