11:16 / 11.02.2022
1 441

1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va o‘qishdan uyga vazifani baholash bekor qilinadi

1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va o‘qishdan uyga vazifani baholash bekor qilinadi
Keyingi o‘quv yilidan "Ona tili va o‘qish savodxonligi" fanidan o‘quvchilarning choraklik bahosi kundalikka, yillik bahosi choraklikka qarab chiqarilmaydi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, milliy o‘quv dasturiga ko‘ra 1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun uy vazifalari olib tashlanganligi bois uyga vazifani baholash bekor qilinadi.

Uyga vazifalarning olib tashlanishiga birinchi sabab ularning amalda samarasiz topshiriqqa aylangani bo‘lsa, ikkinchidan darslardan charchab borgan quyi sinf o‘quvchilari uyda ko‘proq dam olishlari lozim deb qaralmoqda.

Samarasiz topshiriq deganda o‘quvchi bajarib kelgan uyga vazifalar yo‘l-yo‘lakay tekshirilayotgani yoki deyarli tekshirilmayotgani, o‘quvchi xato va yutuqlarini yetarli anglab olishi uchun vaqtning yetishmasligi nazarda tutilgan.

“O‘quvchilar “a’lo” baho olish uchun yaxshi o‘zlashtiruvchi sinfdoshlari yoki uy vazifalar joylanuvchi turli saytlardan ko‘r-ko‘rona ko‘chirib kelish holatlari ko‘paygan.

Uy vazifalar baholanmaydi degani, bu bola uyda umuman dars qilmaydi, degani emas. Fan dasturiga ko‘nikmalarni shakllantiruvchi ayrim loyihaviy topshiriqlar kiritilgan. Ota-onasi va yaqinlaridan tegishli mavzularda ma’lumot olib kelish, do‘stiga tabrik xati yozish kabilar shular jumlasidan”, deyiladi ma’lumotda.

Bildirilishicha, choraklik baholarni kundalik olingan baholarga qarab qo‘yish amaliyoti bekor qilinadi.

2022-2023 -o‘quv yilidan boshlab kundalik yig‘ilgan baholar choraklik bahoga ta’sir qilmaydi. Kundalik baho rivojlantiruvchi ahamiyatga ega, choraklik baho esa erishilgan marrani tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu ikki baholashni o‘zaro qorishtirish sifatga ta’sir qiladi.

Yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti bekor qilinadi. Yil oxirida o‘qituvchi o‘quvchilar uchun qo‘yilgan minimal talabga javob bera olishini tekshirish uchun imtihon o‘tkazishi lozim. Har chorakdagi baho bu minimal talabni bajara olishi yoki olmasligini yaqqol ko‘rsatib bera olmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va o‘qishdan uyga vazifani baholash bekor qilinadi