Ular bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidan yer olib berish maqsadida 17 600 AQSH dollari talab qilishgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro L.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “A.G.” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi 4 sotix yer maydonini fuqaro X.ning nomiga tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 17 600 AQSH dollarini olib, qalbaki bayonnomani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, ushbu shirkat raisi Z.E. fuqaro X.ni go‘yoki shirkat a’zoligiga qabul qilinganligi hamda 4 sotix yer maydonini uning nomiga o‘tkazilganligi haqida shirkat bayonnomasini qalbakilashtirib berganligi evaziga 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda