17:49 / 28.02.2022
1 081

«Hirsga berilgan mudir» ishlagan markaz direktori ishdan bo‘shatildi

«Hirsga berilgan mudir» ishlagan markaz direktori ishdan bo‘shatildi
Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Nevrologiya bo‘limi mudiri bilan bog‘liq holat haqida avvalroq xabar berilgandi.

Unda bo‘lim mudiri R.R. tibbiyot xodimi nomiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etib, bo‘limda muolaja olgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ga farzandining davolanganligi bo‘yicha kasallik varaqasi(ko‘chirma)ni bir yarim oy davomida bermasdan kelgani, shuningdek, uni jinsiy aloqa qilishga majburlagani haqida aytilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, kasb va toifa tanlamaydigan axloqsizliklar tibbiyot xodimlari orasida ham kuzatilishini oq xalatga tushgan dog‘ deb hisoblanadi. Shu bilan birga, bu kabi illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi.

«Qolaversa, tibbiyot xodimlarining qadr-qimmati va insonlik sha’ni oyoqosti qilinishiga qarshi turadi. Shu sababdan ham bunday holatlarda hodisaning asl mohiyati aniqlashtirilgach, yakuniy xulosaga kelish maqsadga muvofiq.

Ayni paytda voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, jamoada odob-axloq qoidalarini nazorat qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi va qo‘l ostidagi xodimlari ustidan yetarli nazorat o‘rnatmagani uchun markaz direktori Sh.Xudayberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

O‘z navbatida, vazirlikning Komplayens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi
», deyiladi SSV munosabatida.

Shuningdek, yurtdoshlarimiz va tibbiyot xodimlaridan tizimdagi noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelishsa, vazirlikning 71-241-10-65 telefon raqamiga murojaat qilishlarini so‘ragan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Hirsga berilgan mudir» ishlagan markaz direktori ishdan bo‘shatildi