
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi, 1990 y.t. shaxs ushbu tumanda istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, uni Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish va u erda ishga joylashuvida yordam berishini aytgan. Buning evaziga esa 35 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXXning Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan puldan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Viloyatda kuzatilgan yana bir holatda DXX va viloyat IIB xodimlari tomonidan mahalliy fuqaroni xorijiy davlatga olib ketayotgan shaxslar ushlandi.
Xususan, Zomin tumanida yashovchi, 1996 y.t. ayol Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi sherigi bilan birgalikda, Gʻallaorol tumanida yashovchi 1997 y.t. fuqaroni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun olib ketayotgan vaqtlarida Doʻstlik tumanidagi «Manas 14» YPX maskanida toʻxtatib qolindi.
Tekshiruv davomida, Toshkent xalqaro aeroportiga ketayotgan ushbu shaxslar yonida «Toshkent – Istanbul» yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar va PSR-test ma'lumotnomalari borligi ma'lum boʻldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzax Jizzax viloyati1 AQSHga jo‘natish1 Fuqaroning ishonchi1 Pul olish1 20 ming AQSH dollari1 Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar