date
views 1 102

Sirdaryoda «prava» olib berish uchun fuqarodan 100 dollar olgan shaxslar ushlandi

Sirdaryoda «prava» olib berish uchun fuqarodan 100 dollar olgan shaxslar ushlandi
Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilib, evaziga pul talab qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, olingan tezkor ma'lumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi, Boshqarma Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Guliston shahar hududida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Natijada N.R hamda I.B. ismli fuqarolar «B» toifasidagi engil avtomashinalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga D.M.dan 100 dollar miqdordagi pulni olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan N.R. hamda I.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi, 25, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda «prava» olib berish uchun fuqarodan 100 dollar olgan shaxslar ushlandi