date
views 1 059

Allamjonov Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi diplomatlariga minnatdorchilik bildirdi

Allamjonov Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi diplomatlariga minnatdorchilik bildirdi
Foto: uzbekistan.org.ua
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi diplomatlariga vatandoshlarni evakuatsiya qilishda faol xizmat koʻrsatganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Men Alisher Qurmonov boshchiligidagi Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi diplomatlariga fuqarolarimiz evakuatsiyasida faol xizmat koʻrsatayotganliklari uchun katta rahmat aytmoqchiman. Siz xizmat qilayotgan sharoitni tinch yurtda oʻtirib tasavvur qilish qiyin”, deb yozdi u oʻz Telegram-kanalida.

U shuningdek, mazkur ishda ishtirok etayotgan boshqa mas'ullardan ham minnatdorligini bildirdi.

Shu bilan birga Transport vazirligi, umuman, barcha mas'ullarga ming rahmat. Barchangiz Prezident qoʻygan vazifa va siyosatining fidoyi ijrochisisiz!”, deya ta'kidladi Allamjonov.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma'lumot berishicha, 4-5 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 666 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan, 89 nafar ayollar, 59 nafar voyaga etmagan shaxslar va 8 nafar chaqaloq olib kelindi.

28 fevraldan 5 martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirildi va 3 245 nafar vatandoshimiz qaytarildi. 5 martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonning Kiev shahridagi elchixonasi sa'y-harakatlari bilan Truskavets shahrida davolanayotgan 20 nafar oʻzbekistonlik evakuatsiya qilindi. Sumi oblasti ma'muriyati bilan bu erdagi oliygohlarda oʻqiyotgan 25 nafar oʻzbek talabasini olib chiqish uchun «yashil yoʻlak» ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat