
Toshkent shahri Mirobod tumanida kredit mablag‘lari evaziga kriptavalyuta sotib olgan fuqarolar aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqarolar M.N., M.Sh. va M.X. tumandagi tijorat bankidan o‘zi va tanishlari nomiga 783,6 million so‘m kredit ajratishga erishib, kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shuningdek, ushbu mablag‘ evaziga «B.» nomli birja ilovasi orqali 36 ming dollarni kriptovalyuta savdosiga tikkan. Spark va Gentra rusumli avtomashinalarni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan mulkni legallashtirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar