
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar «Abdulla Qodiriy» metro bekati oldida fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqalgandi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot markazi izoh berib, «Abdulla Qodiriy» metro bekati oldida joylashgan do‘konlardan biridagi sotuvchi 1999 yilda tug‘ilgan Z.N. sobiq sotuvchisi 1999 yilda tug‘ilgan M.F. bilan kiyim masalasida o‘zaro gap talashib qolishgani, ularning mojarosiga M.F.ning onasi — 1980 yilda tug‘ilgan M.F. va Z.N.ning singlisi 2003 yilda tug‘ilgan Z.D. aralashgani, natijada bu mojaro janjalga aylanib ketganini bildirgandi.
Tergov departamenining qo‘shimcha qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, har bir ishtirokchining harakatlariga nisbatan huquqiy baho berilishi ta’minlanadi», deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar