
Andijon viloyatida tergov ostidagi ayblanuvchilarga yengilroq jazo tayinlashga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida X.A. ismli shaxs fuqarolar K.Q. va M.T.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etishni va’da qilgani aniqlangan. U K.Q.ga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash va M.T.ga nisbatan jazodan ozod etish haqidagi hukm o‘qilishi evaziga ayblanuvchilarning qarindoshlaridan 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijon ViloyatiTergov JarayoniJinoyat KodeksiPora BerishFiribgarlikTezkor Tadbir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar