
Energetika vaziri Alisher Sultonov prezident farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. Kun.uz’ga vazirlik matbuot xizmatidagi manba xabar berishicha, Sultonov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazirlikdan ketgan.
Alisher Sultonov 2015 yil avgustidan 2018 yil sentabriga qadar «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabrida Bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari bo‘lgan.
2019 yil fevralida O‘zbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini o‘rnatuvchi yangi vazirlik tashkil etilib, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlari mazkur vazirlikka o‘tkazilgan, prezident Alisher Sultonovni yangi vazirlikning birinchi rahbari etib tayinlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar