07:00 / 08.04.2022
1 342

Andijonda temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga tushdi

Andijonda temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga tushdi
Andijon viloyati Izboskan tumani temir yo‘l stansiyasi tasarrufidagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan rahbar ushlandi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Poytug‘ temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi E.A. fermer xo‘jaligi rahbari va uning akasiga Izboskan tumani temir yo‘l stansiyasi tasarrufidagi yer maydonlari hisobidan jami 0,20 gektar yerni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishi orqali ajratib berishi va kelgusida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga 8 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga tushdi