
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 5 aprel kuni IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, Termiz shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.N. Termiz shaharda subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyasi mas’ul kotibligidan foydalanib, fuqaro N.ga uy-joy olish maqsadida subsidiya ajratilishi uchun yakuniy xabarnoma berish evaziga 3 mln so‘m pora talab qilib, muqaddam 1 mln so‘mini olib, qolgan 2 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Kambag‘allikni QisqartirishTermiz ShahriJinoyat KodeksiPora OlishTezkor TadbirSurxondaryo Viloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar