Toshkent viloyati Qibray shahrida 11 aprel kuni Isuzu va Lacetti avtotransport vositalari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 14:30 atrofida 2-avtobus saroyi filiali haydovchisi X.U Isuzu avtobusini 199-yo‘nalishda Qibray shahri Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotib, Makro do‘koni qarshisida Lacetti avtomobili bilan to‘qnashuv sodir qilgan. To‘qnashuv oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Yo‘l-transport hodisasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilganda haydovchi X.U 2-avtobus saroyi filiali haydovchisi A.F. boshqaruvidagi boshqa bir avtobus bilan o‘zaro poyga o‘ynagani aniqlangan.
Yo‘lovchilar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun har ikki haydovchi bilan filial o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Avtobusga yetkazilgan zarar aybdor haydovchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda undiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi