20:15 / 13.04.2022
1 492

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi rahbari pichoqlandi

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi rahbari pichoqlandi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Qoradaryo» elektr tarmoqlari korxonasi rahbari xizmat xonasida 36 yoshli iste’molchi tomonidan pichoqlandi.

«Daryo» xabariga ko‘ra, 2022 yilning 12 aprel kuni soat taxminan 18:15 da Kattaqo‘rg‘on tumani «Kadan» mahallasida joylashgan «Qoradaryo» elektr tarmoqlari korxonasi binosiga mazkur tumanning «Saroyqo‘rg‘on» mahallasida yashovchi 36 yoshli O.T. korxona rahbari bilan gaplashish maqsadida kelgan.

«Fuqaro elektr tarmoqlari korxonasi rahbari P.N.dan o‘zi rahbarligidagi “Zarina Fayz” MCHJ korxonasining elektr ta’minotidagi uzilishi sababini so‘ragan. Shundan so‘ng o‘zi bilan yonida olib kirgan pichoq bilan P.N.ga tashlanib, uning bo‘yin-yelka sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan», — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev.

Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasining ma’lum qilishicha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari shifoxonaga olib kelingach, tanasining chap tomonlama bo‘yin old yon sohasida kesilgan jarohati borligi aniqlanib, jarohatdan aktiv qon ketayotgani aniqlangan.

Viloyat IIB axborot xizmati rahbarining qo‘shimcha qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «v» «m» bandlari (xizmat burchini bajarayotgan shaxsga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib qasddan badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro O.T. protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi rahbari pichoqlandi