07:30 / 15.04.2022
942

Samarqandda 40 sotix yerni 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqandda 40 sotix yerni 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida 40 sotix yer maydonini 20 ming 400 dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo»ga DXXning viloyat boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyat IIB
Viloyatning Past Darg‘om tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaro R.B. 30 yoshli R.O. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroga o‘zini tuman hokimligining yuqori lavozimli xodimi deb tanishtirgan. Tanishtiruv davomida fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 40 sotix yer maydonini 20 ming 400 dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, undan ushbu mablag‘larni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 40 sotix yerni 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi