17:48 / 15.04.2022
1 097

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyi oxirlarida rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga boradi. Bu haqda qirg‘iz prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Sadir Japarovning aytishicha, oliy darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqadi. Tomonlar yangi ochilgan o‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot fondi kelgusidagi munosabatlarda ko‘prik vazifasini o‘tashini aytgan. Fond ustav kapitali 50 mln. dollar etib belgilangan.

Shuningdek, tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikka oid bir qator muhim hujjatlar ham imzolanishi kutilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi