Andijon viloyati Izboskan tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi darsga kech qolib kelgan o‘quvchiga ikki litr ariq suvidan ichirib jazoladi, deb xabar berildi «Zamon» informatsion dasturida.
Aytilishicha, 6-sinf o‘quvchisi darsga kechikib kirgan va o‘qituvchiga qo‘pol muomalada bo‘lgan. O‘qituvchi esa uni 2 litr ariq suvi ichirib, nok bargini yeyishga majburlagan.
«O‘sha kun maktabda navbatchi sifatida eshik tagida o‘tirgan edim. U o‘quvchi 2-soat oxiriga kech qolib keldi. Sababi so‘ralganda gap qaytardi. O‘zimning qarindoshim ekani sababli unga o‘zingni bos degan maqsadda 100 gramm yoki bir piyolacha suv ichirganman. Bu yerdagi boshqa gaplar qayerdan kelyapti, buni bilmayman. Nok daraxti bor, lekin bunaqa narsa qilinmagan. Masalan, o‘shani o‘quvchiga majburlab bersa ham, yutmaydi-da u narsani. Men majburlay olmayman-ku, to‘g‘rimi? Bu narsani aytishdan oldin sal o‘ylash kerak», — degan o‘qituvchi.
Qayd etilishicha, darsga kechikkan o‘quvchi B. va uni jazolagan domla Sh. o‘zaro qarindosh bo‘lgan. Voqeaga jabrlanuvchining sinfdoshlari ham guvoh bo‘lgan.
«Hamma bir-biriga suv sepib o‘ynayotgandi. Domla ‘mana shu suvni ichasan’, deb ichirib yubordi. U (jabrlangan o‘quvchi) suv sepmagandi, o‘sha payt dalada ish qilib kelayotgan ekan», — degan o‘quvchilardan biri.
«Kechirim so‘rattirib, doktorga olib boramiz dedi. O‘zi olib ketdi shifoxonaga. U yerda shifokorlar hech qanday muolaja shartmasligini, yaxshi bo‘lib ketishimni aytdi», — deydi jabrlangan o‘quvchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi