946
Bosh prokuratura: 885 nafar mansabdor tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilgani uchun javobgarlikka tortildi
Tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashgan va to‘sqinlik qilgan 885 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda 21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Senat majlisida bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Erkin Yo‘ldoshevning aytishicha, tadbirkorlar ishiga to‘sqinlik qilish holatlari bir qator davlat idoralarining mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan.
«Afsuski, tadbirkorlar huquqlarini buzilish holatlari uchrayotgani bor gap. Jumladan, 2021 yilda tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish kabi 24 mingga yaqin holatlar qayd etildi. Bu juda katta raqam. Bular asosan gaz, elektr energiyasi, hokimlik, qurilish va kadastr, bank va soliq idoralarining mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan. Albatta, shunga yarasha qattiq choralar ham ko‘rildi. Xususan, 619 ta qonunga zid hujjatlarga protestlar keltirildi. 885 nafar mansabdor intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi. 499 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Natijada 14 ming 749 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi», – dedi Bosh prokuratura rasmiysi.
Erkin Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, fuqarolar, xususan, tadbirkorlar huquqlarini sud orqali himoya qilish mexanizmi ishlamoqda.
«Birgina 2021 yilning o‘zida tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha iqtisodiy sudlarga 41,5 milliard so‘mlik 658 ta da’vo arizalari kiritildi. Shundan 35,3 milliard so‘mlik 654 ta da’vo arizalarimiz qanoatlantirildi», — dedi Erkin Yo‘ldoshev.
Yig‘ilishda prokuratura organlari tomonidan 29 mingdan ortiq tadbirkor va investorlarga turli masalalarda jumladan, 481 nafariga bino, 3 ming 532 nafariga yer, 1 ming 496 nafariga litsenziya va ruxsatnomalar, 9 ming 243 nafariga kredit ajratilishida amaliy yordam berilgani aytildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot