23:17 / 21.04.2022
1 322

Bosh prokuror o‘rinbosari: Tergov jarayonida qiynoq qo‘llagan xodimlarga jiddiy choralar ko‘rildi

Bosh prokuror o‘rinbosari: Tergov jarayonida qiynoq qo‘llagan xodimlarga jiddiy choralar ko‘rildi
O‘zbekistonda tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida inson huquqlarining buzilishi, ayniqsa, qiynoqqa solish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda 21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Senat majlisida bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deya xabar berdi «Daryo».

Erkin Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, 2021 yil davomida prokuratura organlariga qiynoqqa solish holatlari yuzasidan 308 ta murojaat kelib tushgan.

«So‘nggi yillarda muntazam ravishda ham mamlakat ichida, ham xalqaro miqyosda qiynoq masalalarida jiddiy shug‘ullanib kelyapmiz. Dunyoda qiynoqqa taalluqli bo‘lgan qanday ijobiy tajriba qilinayotgan bo‘lsa, uni amaliyotga joriy etyapmiz. Bu bo‘yicha qonunlarimizga o‘zgartirishlar kiritilyapti. 2021 yilda ham ushbu masala ustida jiddiy ishladik. O‘tgan yili prokuratura organlariga qiynash va boshqa tazyiqlar o‘tkazilgani yuzasidan 308 ta murojaat kelib tushgan.

Bularning 13 tasi qo‘pol munosabatda bo‘linganligi, 28 tasi jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilgani, 237 tasi tan jarohati yetkazilgani bilan bog‘liq. Ushbu xabarlarning barchasi bo‘yicha tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, qat’iy choralar ko‘rildi. Xususan, qiynoqqa solish holatlari yuzasidan 21 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 28 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortildi
», – dedi Bosh prokuratura rasmiysi.

Shuningdek, Erkin Yo‘ldoshev muammoni kimnidir jazolash orqali hal qilib bo‘lmasligini aytdi.

«Buning uchun dalillarni to‘plashning ilg‘or usul va texnologiyalari, ko‘nikmalarni shakllantirishimiz kerak. Tergovchilarimizning birinchidan ongi, tafakkurini sog‘lomlashtirish bilan birgalikda qiladigan ish malakasini ham oshirish zarur», — dedi tashkilot vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kelgusida ham qiynoqlarga solish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuror o‘rinbosari: Tergov jarayonida qiynoq qo‘llagan xodimlarga jiddiy choralar ko‘rildi