18:00 / 26.04.2022
1 185

Belarus O‘zbekistonga yog‘och uylar yetkazib berish ustida ishlamoqda

Belarus O‘zbekistonga yog‘och uylar yetkazib berish ustida ishlamoqda
Foto: Own wooden house
Belarus O‘zbekistonga yog‘och uylar yetkazib berish ustida ishlamoqda. Bu haqda Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus yog‘och uylariga katta qiziqish bor, yaqinda G‘arbiy Yevropada ushbu mahsulotlarning kichik partiyalari ancha yuqori narxlarda sotib olingan.

«O‘zbekistonda ham bunday uylarga talab bor. Shuning uchun biz uy yig‘ish to‘plamlarini partiyaviy ishlab chiqarish va sotish masalalarini muhokama qildik. Agar raqobatbardosh narx taklif qilsak, menimcha, bu bizning yangi bozorimiz bo‘la oladi», — deb hisoblaydi Golovchenko.

Avvalroq Belarus Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasida ishtirok etishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Belarus zarur infratuzilma, rejalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq kompleks yechimlarni taqdim etishga tayyor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Belarus O‘zbekistonga yog‘och uylar yetkazib berish ustida ishlamoqda