
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs tezkor xodimlar tomonidan ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 20 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB Yer resurslarini qonunga xilof ravishda talon-toroj qilishga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Bo‘stonliq tumanida yashovchi fuqaro M.E. (1979 yilda tug‘ilgan) mazkur tuman hududidan noqonuniy o‘zlashtirgan (davlat zaxirasidagi yer) 10 sotix yer maydonini 40 ming dollariga sotayotgani aniqlangan. U tezkor tadbirda talab qilingan puldan avans sifatida 800 dollar olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan fuqaro M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar