20:44 / 27.04.2022
1 019

O‘zbekiston aholisining yil boshidan beri umumiy daromadlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining yil boshidan beri umumiy daromadlari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston aholisining 2022 yil birinchi choragi uchun umumiy daromadlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Yanvar mart oylariga ko‘ra aholining umumiy daromadlari 114,2 trln so‘mni tashkil qilgan.

Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi.

Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 105,4 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri har bir kishiga umumiy daromad 3,2 mlrd so‘mga yetdi. Aholi jon boshiga daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 113,6 foiz, real o‘sish sur’ati esa 103,3 foiz bo‘lgan.

Aholi jon boshiga daromadlarning real o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 foizga kamaygan. O‘tgan yili daromadlarning real o‘sishi 105,6 foiz bo‘lgan edi.

Umumiy daromadning 62,5 foizini mehnat faoliyatidan olingan daromadlar tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan deyarli o‘zgarmagan.

Transfertlardan olingan daromadlar 26,6 foiz bo‘lgan bo‘lsa, mol-mulkdan olingan daromadi 3,1 foizga yetdi. Shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromad 7,8 foiz bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholisining yil boshidan beri umumiy daromadlari ma’lum bo‘ldi