10:00 / 03.05.2022
1 846

«Titanik»dagi olmos tarixi. Nega Rouz «Ummon qalbi»ni okeanga uloqtiradi?

«Titanik»dagi olmos tarixi. Nega Rouz «Ummon qalbi»ni okeanga uloqtiradi?
Foto: Filmdan kadr
Jeyms Kemeronning Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ishtirokidagi halokatli «Titanik» filmini yig‘lab tomosha qilmaydigan ayol bo‘lmasa kerak.

Film oxirida keksa Rouz bir paytlar sevgilisi Jekning o‘limiga sababchi bo‘lgan marjonni kaftida ushlab, palubaga chiqadi. Chuqur nafas olib, olmosga oxirgi marta qaragach, uni ummonga uloqtirdi. Keyin kabinaga qaytib, yotadi va abadiy uyquga ketadi ... Mana, u yana hashamatli «Titanik»da, yosh jilmayib turgan Jek unga qo‘lini uzatadi va ular abadiy birga bo‘ladilar.

Darhaqiqat, hamma narsa filmdagi «Ummon qalbi» nomli moviy olmosdan boshlanadi (xazina qidiruvchi cho‘kib ketgan «Titanik» vayronalari orasidan «Ummon qalbi»ni qidiradi va qidiruv uni marjon egasiga olib boradi), film yakunida ham hammasi u bilan tugaydi.

La’natlangan marjon

Filmda tasvirlangan «Ummon qalbi» kulonining hayotda ham o‘ziga xos asl nusxasi bor edi va mish-mishlarga ko‘ra, u egalariga baxtsizlikdan boshqa narsa keltirmagan.

Uning prototipi afsonaviy Houp olmosi bo‘lib, unga egalik qilganlarning barchasi — aristokratlar va bankirlar fojiali o‘limga duchor bo‘lganligi, bankrot bo‘lganligi yoki aqldan ozganligi sababli la’natlangan deb atalgan. Jeyms Kemeronning filmida ham «Titanik»ning fojiali taqdiri va baxtsizlik keltiruvchi olmos birlashtirilgan.

Nega Rouz umrining oxirida qimmatbaho olmosni okeanga tashlaydi?

Bu borada film muxlislari har xil taxminlarni ilgari suradi, ijtimoiy tarmoqlarda turli xil versiyalar bildirilgan. Mana, ulardan bir nechtasi:

Rouz olmosni marhum Jekka ular abadiy ajrashgan joyda berdi... Agar qizning qaylig‘i Kel Jekni olmos sabab taqib qilmaganida, ehtimol yigit cho‘kayotgan kemadan qochishga muvaffaq bo‘lardi. Sovuq suvda muzlab o‘lgan Jek Rouzga qariguncha baxtli yashashga va’da bergandi. Bu qasamning amalga oshishi belgisi sifatida kampir marhum sevgilisiga «Ummon qalbi»ni tashlaydi.

Bu marjon, bir tomondan, xiyonat va baxtsizlik ramzi.

Boshqa tomondan esa Jek Rouz suratini aynan u bilan birga chizgan. Bu xotira qiz uchun aziz edi. Shuning uchun u marjondan oldinroq qutulmadi, uni sotmadi.

Foto: Filmdan kadr
Bu qiz nafratlangan sobiq qaylig‘i Kelning sovg‘asi

Onasi oilaning moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun Kelga qizini bergan edi. Bu tuhfa ham o‘zi nafratlangan odam tomonidan sovg‘a qilingan, Jek ham u sabab o‘lgandi. Rouz butun umri davomida Jek xotirasi uchungina marjonni saqlab keladi, keyin toshni uloqtirib, oxir-oqibat nafratlangan odami haqidagi barcha xotiralarni tashlab yuboradi.

U «Ummon qalbi»ga moddiy boylik sifatida qaramadi

Keyinchalik Rouz turmushga chiqqan odamning badavlat bo‘lishi dargumon: Kel kabi imkoniyat hayotda bir marta keladi. Ammo nima bo‘lsa ham ayol qimmatbaho marvaridni pulga almashmadi. Uning uchun bu faqat xotiralar manbayi edi. Xotiralar yukidan qutulib, afsuslanmasdan marjonni ummon qa’riga otadi.

U yaqinlarini, masalan, nabirasini xavf ostiga qo‘yishni xohlamaydi

Ko‘rinishidan moviy olmos hech kimga xotirjamlik bermagan va baxt keltirmagan. Uni qo‘lga kiritish uchun ov davom etar, ko‘pchilik shu maqsadda izg‘ib yurardi. Shunga qaramay, u faqat Rouz va Jekga tegishli bo‘lgan juda ko‘p shaxsiy, qadrli tuyg‘ularni o‘zida mujassamlashtirgandi.

Aytishlaricha, filmning yana bir varianti bo‘lgan: unda Rouz uloqtirgan olmos okean tubiga cho‘kib, o‘lgan Jekning kaftiga tushadi... Bu endi juda ertak bo‘lib ketardi.

Foto: Filmdan kadr
Film ijodkorlari o‘ylagan yakun qanday edi?

Film dastlab shunday tugashi kerak edi: Rouz tunda kemaga chiqib, temir panjaraga oyoq qo‘yadi. Buni xazina izlovchi Brok va nabirasi Lizzi ko‘rib qoladi. Ular qayg‘uli xotiralardan hayajonlangan kampir o‘zini Jek o‘lim topgan suvga tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchi deb o‘ylashadi. Brok va Lizzi uni bu qaroridan qaytarib harakat qilishadi. Bunga javoban Rouz ularga hayotning haqiqiy qadriyatlari haqida gapiradi va ularning ko‘z oldida olmosni suvga uloqtiradi. Buni ko‘rgan Brok qorong‘u osmonga qarab telbalarcha kuladi...

Bunday yakun tomoshabinlarni xursand qilishi dargumon edi. Shunday qilib, epizod kesiladi. Ehtimol, bu yaxshilikka bo‘lgandir, chunki keyinchalik kartina «Oskar» va milliardlab foyda keltirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Titanik»dagi olmos tarixi. Nega Rouz «Ummon qalbi»ni okeanga uloqtiradi?