
Foto: «KinoMail.ru»
Internetda uzoq kutilgan «Avatar: Suv yoʻli-2» filmining birinchi treyleri namoyish etildi. Oradan 13 yil oʻtib, film tomoshabinlari va muxlislari 2022 yilning dekabr oyida premerasi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan kartinaning davomini koʻradi, de yozadi People Talk.
Bosh qahramon Zoi Saldananing fikricha, filmning davomi hech kimni befarq qoldirmaydi va hammaning aqlini shoshirib qoʻyadi. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, u allaqachon 20 daqiqalik fragmentni koʻrgan va bu uni yigʻlashga majbur qilgan. «Tomogʻimga tiqilgan narsa bilan bu haqda gapirish qiyin, men 2021 yilning oxirida ikkinchi qismning 20 daqiqasini tomosha qilishga muvaffaq boʻldim. Men hech narsa deya olmadim va yigʻlab yubordim. Kartina barchani oʻziga jalb etishi aniq. ‘Avatar-2’ birinchi filmga nisbatan haqiqatan ham oldinga oʻtib ketdi, shuning uchun siz bunday unutilmas sarguzashtga tayyorgarlik koʻrishingiz kerak deb oʻylayman», — dedi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!