Durdona Qurbonova o‘ziga bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida gapirdi (video)

Madaniyat1 daqiqa o'qish5.7K
Durdona Qurbonova o‘ziga bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida gapirdi (video)
Foto: «Daryo»
Aktrisa Durdona Qurbonova «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni Daryo muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova suhbat davomida uning xarakterini bilmaydigan insonlar tomonidan bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida so‘zlab berdi.

- "Nojo‘ya takliflar bo‘lgan. Bu asosan san’atga endi kirib kelayotgan vaqtimda ko‘p bo‘lgan. Shou-biznesga endi kirib kelayotganimda xarakterimni bilmaydiganlar har xil nojo‘ya takliflarni qilishgan.

Ko‘pchilik qizlar shou-biznesga endi kirib kelayotgan vaqtlarida «mashhur bo‘laman», deb kirib keladi. U mashhur bo‘lishi uchun kimlardir nojo‘ya takliflarni qiladi, qaysidir aktrisa balki bu taklifga rozi bo‘lar, ammo o‘zini hurmat qilgan inson bunaqa takliflarga rozi bo‘lmaydi. San’at mening hayotim bo‘lmagani uchun hammasiga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatganman, urishgan vaqtlarim ham bo‘lgan. Bunday takliflarni rejissyorlar, aktyorlar berishgan.

Nojo‘ya taklif faqatgina nojo‘ya, ko‘pchilik o‘ylaganidek yomon ma’noda emas, «yaxshi ko‘rib qoldim» mazmunidagi so‘zlardan ham iborat bo‘lgan. O‘zimning darajamni ushlab, yo‘limni topganimdan so‘ng, menga hech kim ortiqcha gap gapira olmaydigan bo‘lgan. Hattoki bolalar kelib, gapirishga ham qo‘rqadi
", - deydi aktrisa, insta-bloger Durdona Qurbonova.

Ma’lumot uchun, Durdona Qurbonova 1998 yil 2 iyun kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. San’at kollejida hamda O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Dramatik teatr va kino aktyorligi fakultetida tahsil olgan. 50 ga yaqin film, seriallarda, 100 dan ortiq kliplarda bosh rollarni ijro etgan. Durdona Qurbonova bugungi kunda aktrisalikdan tashqari, xonandalik faoliyati bilan ham shug‘ullanib kelmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?