06:00 / 18.05.2022
951

Kann kinofestivalida O‘zbekiston Milliy paviloni ochildi

Kann kinofestivalida O‘zbekiston Milliy paviloni ochildi
O‘zbekiston Milliy paviloni 75-Xalqaro Kann kinofestivali doirasida uchinchi marotaba ish boshladi. Pavilon 18 maydan 22 mayga qadar dunyodagi eng taniqli va yirik kino bozori – Kann kinofestivali vaqtida mashhur Kruazet qirg‘og‘i muntazam o‘tkaziladigan Marché Du Filmda ish olib boradi.

Pavilonga kino, TV va media olami profesionallari tashrif buyuradi. Ular butun dunyodan yangi loyihalarni tanlash, taklif etilayotgan lokatsiyalarni ko‘zdan kechirish va suratga olish haqida kelishuvlarga erishish uchun Kannda to‘planishadi.

Tashkilotchilarning sa’y-harakati bilan O‘zbekiston Marché Du Film kino bozori markazida AQSH, Xitoy, Avstraliya va boshqa mamlakatlar yaqinidagi nufuzli joyga ega bo‘ldi. Yarmarka ishi davomida O‘zbekiston o‘z lokatsiyalarida filym va media-mahsulotlarni suratga olishga butun dunyodan prodyuser va rejissyorlarni jalb etishga harakat qiladi.

O‘zbekiston qadimiy shaharlari, betakror yodgorliklari va manzaralarining ommabop film va teledasturlarda ko‘rinishi xorijiy sayyohlar e’tiborini tortishga yordam beradi. Bu turizmda olg‘a siljishning sinalgan usullaridan biri. Bundan tashqari, bu ochiq va mehmondo‘st mamlakat imijini yaratishga xizmat qiladi.

Har bir mamlakat rejissyorlar va prodyuserlarga suratga olish uchun o‘ziga xos sharoitlarni taklif qilishga urinadi. Bu yil O‘zbekiston mamlakatimizda suratga olish istagida bo‘lgan kinokompaniya va telekanallar xarajatlarining bir qismini qoplab beradi. Professionallar hamjamiyatida bu taklif qiziqish uyg‘otdi va pavilon ishining dastlabki kunidanoq faol muzokaralar boshlandi.

Kann kinofestivalidagi O‘zbekiston Milliy paviloni bu yil ham o‘tgan yillardagi kabi O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan.

O‘zbekiston Milliy paviloni bosh homiysi —Orient Group kompaniyasi.

Delegatsiyaning Fransiyaga uchib kelishi milliy avia tashuvchi – Uzbekistan Airways tomonidan tashkillashtirilgan. Mehmonlarning yashashi va joylashtirilishi Asia Lux turoperatori tomonidan tashkil etilgan.

Pavilon ishi vaqtida Kann kinofestivali mehmonlariga «Uzbekistans club» global motivatsion platformasi taqdimoti namoyish etiladi. Uning loyihalaridan biri «O‘zbekistonlik» filmi bo‘lib, birinchi qismi 2022 yilning martida taqdim etilgan va keng tomoshabinlar auditoriyasi va OAVda katta shov-shuv uyg‘otgan.

Pavilon ishida Orolbo‘yi muammosi va mintaqani yangi Aral Dream kreativ loyihasi yordamida jahon axborot makonida ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kann kinofestivalida O‘zbekiston Milliy paviloni ochildi