07:00 / 02.06.2022
1 268

Reper Dreyk 2022 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha eng mashhur musiqachiga aylandi

Reper Dreyk 2022 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha eng mashhur musiqachiga aylandi
Foto: Getty Images
Amerikalik reper Dreyk 2022 yilning yanvar—may oylari yakuni bo‘yicha AQSHdagi eng mashhur qo‘shiqchiga aylandi. Bu haqda qo‘shiqlarning tinglanish statistikasini kuzatib boruvchi Chart Data maʼlumotlarida keltirilgan.

Loyihaning baholashicha, Dreykning qo‘shiqlari 2022 yil boshidan buyon AQSHdagi striming-servislarda 3 milliard martadan ortiq tinglangan. Ikkinchi o‘rinda 2,8 milliardlik ko‘rsatkich bilan reper YoungBoy Never Broke Again egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Teylor Svift yakun yasagan (2,5 milliard).

Reytingning davomi quyidagicha:
- Juice WRLD (2,2 milliard);
- The Weeknd (2 milliard);
- Kanye Uest (1,9 milliard);
- Lil Durk (1,7 milliard);
- Morgan Uallen (1,7 milliard);
- Eminem (1,5 milliard);
- Future (1,5 milliard).

Eslatib o‘tamiz, 15 may kuni Las-Vegasda Billboard Music Award-2022 mukofotining topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu mukofotda nominatsiyalar soni bo‘yicha Dreyk va Oliviya Rodrigo yetakchilik qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Reper Dreyk 2022 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha eng mashhur musiqachiga aylandi