2 189
Mansur Agaliyev Yulduz Usmonova qo‘shiqlarini qizg‘anmasligi va duetdoshlaridan pul talab qilmasligi haqida gapirdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev «Daryo» muxbiri Nargiza Murodovaga «Karvon ko‘rdim» qo‘shig‘ini cover yo‘nalishida ijro etgan SanJayga xasislik qilishgani va «Qo‘shig‘imni aytma sudga beraman» deydiganlarni tushunmasligi haqida gapirdi.
— Yulduz opangiz bilan duet kuylamoqchi bo‘lganlar juda ko‘p. Iqtidori bo‘lsa, yo‘l ochamiz. Shu kungacha duet aytish uchun birovdan pul olib yoki qo‘shiq xarajatini ko‘tarasan, demaganman. Masalan, bu yilgi konsertda «Yor, biyo» duetini aytgan Malik ham tasodifan kelib qoldi. Ovozi yaxshimi, marhamat, duet aytsin, dedik.
Yoshlarga yo‘l berish kerak, san’atini bo‘g‘gandan foyda yo‘q. «Meni qo‘shig‘imni aytma, sudga beraman», deydiganlarni umuman tushunmayman. Hozir qanchadan qancha yoshlar Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini aytishyapti. Qo‘shiq yashashi uchun uni berishni ham bilish kerak. Bir kuni Amerikaga borganda Yulduzni «Mama» qo‘shig‘ini eshitib qoldik. Yonimizga kelib «Bu qo‘shiqni siz aytganmisiz?» deb so‘rashyapti. Xursand bo‘ldik, chunki Yulduz Usmonovaning ijodiga ularning ham qiziqishi yanada ortdi. Qo‘shiq har bir ijroda o‘ziga xos chiqadi, balki ular Yulduzdan ham zo‘rroq ijro qilishlari mumkin.
SanJay degan yigit yo‘q bo‘lib ketgan «Karvon ko‘rdim» qo‘shig‘ini ijro etdi. Uning ijrosi sabab qo‘shiq yosh tinglovchilarga ham ma’qul keldi. Ammo o‘sha yigitga nisbatan xasislik qilishdi. Suddan keyin u 70-80 million so‘mni to‘lab, yo‘q bo‘lib ketdi. Axir qo‘shiqni SanJay aytgani bilan u Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘i bo‘lib qoladi-ku. Mualliflik huquqi degan gap bor to‘g‘ri, ammo san’atni bo‘g‘maslik kerak.
Yulduz Usmonova ham bir yili turklarning «Seni sevardim» degan qo‘shiqni aytmoqchi bo‘lgan. Ammo ular sotib olasan, deyishgan. Qo‘shiqni aytish uchun 2 ming AQSH dollari berganmiz. Bizdan esa «Mama» qo‘shig‘ini dog‘istonlik qizlar 1000 dollarga sotib olishgan. O‘tgan yili «Muhabbat» qo‘shig‘ini ozarbayjonlik qiz aytmoqchi bo‘ldi. Tanishlar kamida 3 ming dollar so‘rashimni aytishgandi. Ammo u qiz puli kamligini aytib, 100 dollar bera olishini aytdi. «Menga o‘sha pulni bermay, bolalaringga yedir», dedim. Ammo qo‘shiqni aytishiga ruxsat berdik.
Aytmoqchi bo‘lganim, san’atni bo‘g‘may, boshqalar ham ijro etishiga imkoniyat yaratish kerak, — deydi Mansur Agaliyev.
Bundan tashqari, Mansur Agaliyev retro konsertda maxsus dastur orqali Obid Asomov va Ruslan Sharipov siymolarini «jonlantirish» rejasi nega amalga oshmaganligini quyidagicha izohladi.
— Avvalgi intervyuda va’da bermayman, ammo harakat qilaman degandim. Bu juda katta loyiha. Uni ukrainalik yigitlar bilan amalga oshirmoqchi edik. Afsuski, urush sabab ular xorij davlatlariga ketishdi. Bu loyiha «my ping» dasturi orqali amalga oshiriladi. Bir inson qiyofasi sahnada paydo bo‘lib, xuddi odamlardek gapiradi. Buning uchun sahna to‘liq oq rangda bo‘lishi kerak va u proyektorlar orqali boshqariladi. Bu xarajatni amalga oshirish 100 ming dollarni talab etadi. Ammo gap pulda emas, niyat qildimmi, albatta, uni amalga oshiraman. Agar faqat foyda uchun konsert berganimizda 160 ta orkestr o‘rniga 4-5 ta sozanda bilan ishlagan bo‘lardik, — deydi Mansur Agaliyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)