22:00 / 15.07.2022
3 753

Dilnoza Kubayeva aktrisalikni tark etib, xonandalik qilmoqchiligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Dilnoza Kubayeva aktrisalikni tark etib, xonandalik qilmoqchiligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
El ardog‘idagi aktrisa Dilnoza Kubayeva «Milliy» telekanalining «M-Kokteyl» ko‘rsatuviga bergan intervyusida aktrisalikdan ketib xonandalik qilayotgani haqida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Bundan tashqari, u «Osmondagi bolalar-3» kinofilmida suratga tushishini va qaysi xonandalarning musiqalarini yaxshi ko‘rib tinglashini aytdi.

Dilnoza Kubayeva aktrisalikni tark etib, xonandalikda ijod qilmoqdami?

«Ko‘pchilik o‘ylabdi, bo‘ldi, Dilnoza aktrisalik faoliyatini to‘xtatib, xonandalikka o‘tib ketdi, deb. Lekin unday emas. Rollar ijro etyapman, yangi spektakldagi rollarimni ham yaxshi mehnat qilib, o‘ynayapman. Qobiliyatimni yuzaga chiqarishga yanada harakat qilyapman. Yaqinda yangi ‘Osmondagi bolalar-3’ kinofilmida suratga tushish taklifini oldim. Nasib etsa, shu kinoda ham rol o‘ynayman. Ijodkor ijod qilishi kerak ekan. Ijodkor ijod bilan band bo‘lmasa, uni keraksiz o‘y-xayollar egallab olarkan. Shuning uchun men o‘zimni ko‘pincha odamlardan chetga tortaman, har xil davralarga borishdan tiyilaman. Tor doirada yurishga harakat qilaman», — deydi aktrisa.

Aktrisa qaysi xonandalarning musiqalarini yaxshi ko‘rib tinglashini aytdi

«Men Nilufar Usmonovaning ‘Endi senga xatlar yozmayman’ va Gulsanam Mamazoitovaning ‘Tun menga beradi azob’ nomli taronalarini eshitaman. Turk estradasidan ham eshitaman, ayniqsa, oxirgi paytda zamonaviy qo‘shiqlarni eshityapman. Chunki ustoz Sultonali Rahmatov menga zamonaviy musiqalarni ko‘proq eshitishni tavsiya qildi», — deydi Dilnoza Kubayeva.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoza Kubayeva aktrisalikni tark etib, xonandalik qilmoqchiligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi