
Foto: Bollywoodtime
Bundan roppa-rosa ikki yil oldin karantin davrida ikki mamlakat oʻrtasida aql bovar qilmaydigan musiqiy sevgi hikoyasi tugʻildi. Bir tomonda Bollivud yulduzi Alisha Chinay Alibagdagi uyida boʻlsa, yana biri Tojikistonning Dushanbe shahrida uning muxlisi va musiqa prodyuseri Furqat A'zamov yashar edi, deb yozadi Bollywoodtime.
Furqat Alishani qariyb 30 yil avval Dushanbe bozorlaridan birida, kassetada uning yoqimli ovozini eshitib sevib qolgan. U koʻp yillar davomida xonandani topishga harakat qildi, lekin bu oson kechmadi. «Hindiston musiqa sanoati vakillaridan qancha soʻramayin, ular boshqa qoʻshiqchilarni taklif qilishdi,— deydi A'zamov. — Lekin men faqat Alishani izlardim».
Nihoyat Furqat xonandani 2020 yilda Facebook orqali topdi. Alisha kamdan kam hollarda jonli intervyu berardi. Furqat bu uning uchun ajoyib imkoniyat ekanini angladi. Soʻngra Alishaga xabar yubordi va ular har kuni onlayn tarzda suhbatlashib, musiqa ustida ishlashni boshladi.

Foto: Bollywoodtime
Furqat oʻzining yoqtirgan ayolini topganidan xursand, uning uchun hammasiga tayyor edi. U karantin paytida charter reys bilan Mumbayga uchishga muvaffaq boʻldi. U erda Alisha bilan uchrashdi. Shundan soʻng bastakor Alisha bilan hamkorlikda bir nechta taronalar yozdi.

Foto: Bollywoodtime
Yaqinda ularning «Chamkegaa India» qoʻshma kompozitsiyasi taqdim etildi — bu uning «Made in India» nomli mashhur taronasiga asoslangan. Klip Samarqand va Buxoroning tarixiy joylarida suratga olingan. «Markaziy Osiyodagi odamlar Hindiston va hind musiqasini berilib tinglaydi, — deydi Alisha. – Haqiqatan ham Samarqandga qoʻnganimda immigratsiya xizmati xodimi meni darrov tanidi va qoʻshiqlarimdan birini xirgoyi qila boshladi».

Foto: Bollywoodtime
Hatto oʻttiz yil oʻtsa ham «Chamkegaa India» klipi uning 1995 yilgi taronasini eslatadi. «Bu ajoyib qoʻshiqning davomi», — deydi Alisha.
Kunduzi moliyaviy maslahatchi boʻlib ishlayotgan, kechasi esa studiyada vaqt oʻtkazadigan Furqat A'zamovning aytishicha, u koʻp yillardan buyon erta tongda goʻzal togʻli Nurak suv omboriga sayohat qilib, Alishaning musiqasini chalib yurgan.

Foto: Bollywoodtime
«Bu mening eng katta orzum edi... va qachondir u bilan uchrashib, taqdim etish uchun musiqa yaratishda davom etdim. Bu u bilan uchrashishning yagona yoʻli ekanligini bilardim», — deydi bastakor.
«Va shunday boʻldi. Bu qoʻshiq haqiqiy muhabbat mavjud va chegara bilmasligi haqida, — deydi Alisha. — Ayniqsa, dunyoda juda koʻp yomonlik va nafrat ortib borayotganida».

Foto: Bollywoodtime
Hozirda Alisha va Furqat birgalikda istiqomat qiladi, tez-tez dunyo boʻylab sayohatga chiqadi va ikkisi ham baxtli hayot kechirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar