Gollivud xiyoboniga kokain hidlayotgan «Oskar» haykali o‘rnatildi

Gollivud xiyoboniga kokain hidlayotgan «Oskar» haykali o‘rnatildi
Gollivud xiyoboniga kokain hidlayotgan «Oskar» haykali o‘rnatildi

Plastic Jesus taxallusiga ega ko‘cha rassomi Gollivud xiyoboniga burniga kokain tortayotgan «Oskar» haykalini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Huffington Post.

Asar Hollywood’s best party — «Gollivudning eng yaxshi bazmi» deb nomlanadi. Unda tillarang haykal qizil podiumda emaklab, oq narkotik ustiga naycha bilan engashib turibdi.

Shu tariqa, rassom Amerika kinohayotida kokain iste’mol qilinishiga qarshi kurashmoqda. Haykal 22 fevral kuni «Oskar» mukofotini topshirish marosimi o‘tkaziladigan Dolby kinoteatri yaqiniga o‘rnatilgan.

Manba: www.daryo.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar