17:41 / 04.08.2022
3 814

Kaniza, Xonzoda va Aziza Nizomova — farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

Kaniza, Xonzoda va Aziza Nizomova — farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
O‘zbek shou-biznesining bir nechta vakillari tez orada ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular homiladorlik davrlari qanday o‘tishayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

Kaniza: «Hamon sport zaliga qatnayapman»
2022 yilning may oyida xonanda Kaniza Instagram sahifasiga kelin ko‘ylakdagi suratlarini joylab, yetti yillik sinovlardan so‘ng sevgan insoni bilan oila qurganini oshkor etdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay u homilador ekanligini va yaqin oylarda ona bo‘lishini ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda
Homiladorlikning ilk oylarida biroz qiynaldim. Ammo ko‘p o‘tmay toksikoz asoratlari yo‘qoldi. U paytda to‘y-xizmatlariga ham kamroq borishga harakat qildim. Hozir homiladorlikning 5 oyidan o‘tdim. Ammo hammasi joyida. Piyoda surishni va yengil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni kanda qilayotganim yo‘q, — deydi xonanda Kaniza.

Tan olish kerak, homiladorlik xonandaning qomatiga salbiy ta’sir etgani yo‘q. Bir qarashda uning homiladorligini ko‘z ilg‘amaydi.

Xonzoda Qambarova: «Hammasi go‘zal o‘tyapti»
Instabloger Xonzoda ayni kunlarda ikkinchi farzandiga homilador. U 3-4 oy avval kuzatuvchilariga turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchilikka borgani va alohida yashayotganini ma’lum qilgandi. Ko‘p o‘tmay u turmush o‘rtog‘i bilan yarashib kuzatuvchilarini quvontirdi.

Foto: Instagram / @xanna__official
Oilaviy sharoit ham homiladorga ta’sir etadi. Safiyada biroz qiynalgandim. Ko‘z tegmasin bu homiladorligim ancha yengil o‘tyapti. Charchash va ko‘ngil aynishi deyarli yo‘q. Ammo uyquchiligim saqlanib qolgan. Xullas, homiladorligim go‘zal o‘tyapti. Ishimga ham, oilamga ham vaqt ajratolyapman, — deydi Instabloger Xonzoda.

U Instagram sahifasiga ikkita farzand ko‘rishni orzu qilishi va tug‘uruqdan so‘ng jarrohlik amaliyotini amalga oshirib, qomatini tiklashini ham ma’lum qildi.

Aziza Nizomova: «Menga qolsa har kuni UTT tekshiruvidan o‘tardim»
Xonanda va aktrisa Aziza Nizomova 2022 yilning 19 mart kuni sevgan insoni Jamshid Halimov bilan oila qurdi. Hozirda ijodkor ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Instagram / @azizanizamova
UTT tekshiruvidan o‘tdik, hammasi yaxshi. Menga qolsa, har kuni tekshiruvga kelib, o‘zgarishlarni bilib turardim. Bunga juda qiziqyapman. Ammo ayrimlarning fikricha bu zararli ekan. Ammo men bu fikrga qo‘shilmayman. Homiladorlikda ko‘proq sifatli taomlanish va kechki sayrga alohida e’tibor beraman, — deydi Aziza Nizmova.

Ijodkorning turmush o‘rtog‘i sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Ular to‘y marosimida tanishib, bir-birlariga ko‘ngil qo‘ygan. Tanishuvdan bir yil o‘tib ular oila qurgan.

Dineyra 37 yoshida farzand kutmoqda
Ijod olamidan biroz chekingan xonanda Dineyra 36 yoshida turmushga chiqqan. Uning dabdabali nikoh oqshomi 2021 yilning 12 mart kuni Toshkentdagi hashamatli restoranlarning birida bo‘lib o‘tgandi. Hozirda ijodkor ilk farzandini dunyoga keltirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Instagram / @dineyra
Turmush o‘rtog‘im bilan Zarafshondagi maktabda birga o‘qiganmiz. U san’atga aloqador emas, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ijoddan chekinishimning sababi uzoq cho‘zilgan karantin va oila qurishim bilan bog‘liq. Shu bois, qisqa tanaffus qilishimga to‘g‘ri keldi, — deydi xonanda Dineyra «Omon-omon» ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

Foto: Instagram / @dineyra
Xonandaning homiladorlik davri a’lo darajada o‘tmoqda. U dam olish maskanlariga borayotgani aks etgan suratlarni tez -tez Instagram sahifasiga joylaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kaniza, Xonzoda va Aziza Nizomova — farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)