10:15 / 01.09.2022
1 703

Jaloliddin Ahmadaliyev shoirdan ruxsat olmay she’rini qo‘shiq qilgani uchun 26 mln tovon to‘ladi

Jaloliddin Ahmadaliyev shoirdan ruxsat olmay she’rini qo‘shiq qilgani uchun 26 mln tovon to‘ladi
Foto: Kun.uz
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Behzod Fazliddin ariza bilan murojaat qilib, xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev xech qanday ruxsat olmasdan shoirga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” to‘plamidagi “Balosiz - go‘yoki g‘amimni yeysiz” deb boshlanuvchi “Ayyor do‘stlarim” deb nomlangan she’rdan foydalanib qo‘shiq ijro qilganini bildirgan.

Arizada keltirilishicha, bu qo‘shiq ijtimoiy tarmoqlarda “aylantirilgan”, to‘ylarda faol ijro qilib kelingan. Shoir o‘z arizasida buzilgan mualliflik huquqlarini tiklab berishni, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi qaroriga asosan xonandaning mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi. Unga nisbatan ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.

Shundan so‘ng viloyat adliya boshqarmasi shoirning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 80 barobari, ya’ni 24 mln so‘m tovon puli, 2 mln so‘m ma’naviy zarar, jami 26 mln so‘m undirib berilgan. Bundan tashqari xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning zimmasiga “Ayyor do‘stlarim” nomli qo‘shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jaloliddin Ahmadaliyev shoirdan ruxsat olmay she’rini qo‘shiq qilgani uchun 26 mln tovon to‘ladi