date
views 2 509

Bollivud yulduzi Priyanka Chopra kiyinish uslubida amal qiladigan qoidalar (foto)

Bollivud yulduzi Priyanka Chopra kiyinish uslubida amal qiladigan qoidalar (foto)
Bollivud yulduzi Priyanka Chopraning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlik davrida u 90 yillarning odatiy ko‘rinishdagi qizi edi. Priyanka Chopra 2000 yillarda aktrisaga aylandi, o‘zgacha uslubdagi kiyimlarni afzal ko‘ra boshladi. Yulduz o‘zining «Yangi yil archasi» kabi ko‘rinishini anglab yetgach, o‘zi uchun oddiyroq uslubni tanladi. AdMe nashri Priyanka Chopraning kiyinish uslublarini va uning mukammal moda obrazlarini yaratish sirlari haqida ma’lumot berdi.

Monoxromli kiyimlarni kiyishdan qo‘rqmang

Foto: AdMe
Priyanka monoxrom liboslarni zamonaviy aksessuarlar bilan birlashtirishni yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha u tasvirga qo‘shimcha sifatida quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar, sumkalar yoki jozibali kamarlardan foydalanadi. Aktrisa tanlagan oyoq kiyimlar ham butun ansamblga mos keladi.

Midi yubkalarni uzun yoqali liboslar bilan birlashtiradi

Foto: AdMe
Aktrisa midi yubkalar bilan uzun yoqali ko‘ylaklar ansamblda ajoyib ko‘rinishini biladi. Shu bilan birga, Priyanka elementlarning rang kombinatsiyasini unutmaydi. Tasvirlar belning shaklini aniqroq ko‘rsatadigan kamar bilan to‘ldiriladi.

Har qanday vaziyat uchun oq rang mos keladi

Foto: «Yandeks.ru»
Ijtimoiy tadbirlarda ham, kundalik uchrashuvlarda ham Priyanka oq libos kiyishni yaxshi ko‘radi. Aktrisa teleko‘rsatuvlarda uzun yengli kalta ko‘ylakda paydo bo‘ldi va kinofestival uchun u teksturali blazerli liboslarni tanlaydi.

Katta ziraklarni afzal ko‘radi

Foto: AdMe
Priyanka liboslarni ko‘zni qamashtiradigan ziraklar bilan to‘ldirishni yaxshi ko‘radi. Bu go‘zallikdan uzoqlashish qiyin. Aktrisa ziraklarni nafaqat rasmiy tadbirlarda, balki kundalik hayotda ham taqadi.

Hindcha uslubda kiyinadi

Foto: AdMe
Gulli sari Priyankaning garderobidagi boshqa liboslardan alohida ajralib turadi. Aktrisa yorqin libos bilan birgalikda yengil ustki matoni afzal ko‘radi va kamarlardagi tasvirni mato bilan to‘ldiradi.

To‘qilgan kiyimlarning qulayligi haqida biladi

Foto: AdMe
Priyanka to‘qilgan kiyimlar nafaqat sovuqda, balki issiq yozda ham yaxshi ko‘rinishini tushunadi. U quyoshda toblanish uchun yengil kalta ustki kiyim kiyishni yoqtiradi. Tashqarida havo harorati sovuq bo‘lsa, aktrisa uy hayvonlari bilan ochiq havoda vaqt o‘tkazish uchun uzun yengli sviterni tanlaydi.

O‘ziga xos uslubdagi kombinezon kiyadi

Foto: «Yandeks.ru»
Aktrisa avval ham kombinezon kiygan, biroq uning hozirgi uslubi tubdan farq qiladi. Ilgari Priyanka butun tanasini aks ettirgan kombinezon kiygan bo‘lsa, hozirda u beliga e’tibor beradi. Chopra tepa qismi tor va pastki qismi keng bo‘lgan kombinezonni tanlashni ma’qul ko‘radi. U kiygan kombinezonlarning oyoq qismlari qisqa bo‘ladi va yelkalari butunlay ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud yulduzi Priyanka Chopra kiyinish uslubida amal qiladigan qoidalar (foto)