
O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol bugun, 27 sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi.
Jamol Kamol 1938 yil 26 aprelda Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi Chikaron qishlog‘ida tug‘ilgan. 1992 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvonini olgan.
Dastlabki she’riy to‘plami — «Olam kirar yuragimga» (1968). «Cho‘qqilarga yog‘ildi yog‘du» (1971), «Tosh tug‘yon» (1973), «Hasan va oy» (1974), «Quyosh chashmasi» (1975), «Dostonlar» (1978), «Tafakkur» (1979), «Qadah» (1980), «Suvaydo» (1983), «Umidli dunyo» (1988) kabi she’riy asarlar muallifi.
Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»si, Ibn Sino, V. Shekspir, Bualo, Pushkin kabi jahon adabiyoti siymolarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
«Zamin.uz» ijodiy jamoasi shoirning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar