date
views 1 419

Marg‘ilonga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi

Marg‘ilonga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi
Marg‘ilon shahriga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Jahon hunarmandlar shahri maqomi berilishi tasdiqlandi. Bu haqida Respublika hunarmandlar uyushmasi xabar berdi.

Marg‘ilon Butunjahon hunarmandlar kengashining "Hunarmand shaharlar" ro‘yxatiga O‘zbekistondan qo‘shilgan 3-shahar bo‘ldi.

Ipakchilik hamda abrli matolar atlas-adras tayyorlashning ilg‘or tajribasi, hunarmandlarning bu sohada erishayotgan yutuqlari va shu bilan birga hunarmandchilikka berilayotgan yuksak e’tibor shaharga bunday maqom berilishiga zamin yaratdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Jahon hunarmandlari shahri unvoni 2014 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda dunyoning 4 qit’asidan 57 ta shahar bunday e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Bunday maqom 2019 yil Qo‘qon, 2022 yil esa Buxoro shaharlariga ham berilgan. Qo‘qon shahri MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib mazkur ro‘yxatga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Marg‘ilonda 20-22 oktabr kunlari “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Xitoy, Ispaniya, Fransiya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ustalari, rassomlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Marg‘ilonga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi