“Sog‘indim” klipi yuzasidan muxlislarning e’tirozlariga Lola va Yigitalining javobi

Lolaning yangi “Sog‘indim” klipi muxlislarning e’tirozlari va keng muhokamasiga sabab bo‘lgani haqida xabar bergandik, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.
Shu sababdan “Lola dugonasining turmush o‘rtog‘i bilan ehtirosli sahnalarda chiqishi shartmidi?”, “Nega aynan Yigitali?” kabi savollariga javob olish uchun “Darakchi” muxbiri Aliya Tulembaeva xonanda Lola Yo‘ldosheva va aktyor Yigitali Mamajonov bilan bog‘landi.
Lola Yo‘ldosheva, xonanda: — Menimcha shaxsiy hayot va ishni bir-biriga aralashtirish to‘g‘ri emas. Agar muxlislar klipdagi voqealarni sinchkovlik bilan kuzatgan bo‘lishsa, men bundan faqat xursand bo‘laman, demak, biz vazifamizni uddalabmiz. Bizning sohada akyotrlik muhim o‘rin tutadi. Nega aynan Yigitali bilan hamkorlikda ijod qilganimizga kelsak, biz bir necha yil ilgari partnyorlikda klip ishlagan edik. Va Yigitali ilk muvaffaqiyatli rolini ham aynan mening qo‘shig‘imga ishlangan klipda ijro etgandi.
Yigitali Mamajonov, aktyor: — Biz kasbimizdan kelib chiqqan holda rol ijro etdik xolos. Men aktyorman va berilgan vazifani bajarishim shart. Odamlarning gap-so‘zlariga esa anchadan buyon ahamiyat bermay qo‘yganman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing