
3 dekabr kuni poytaxtdagi restoranlardan birida xonanda Jasur Umirovning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Xonanda Go‘zal ismli qiz bilan oila qurdi. Tantanaga o‘zbek san’atining ko‘plab taniqli vakillari tashrif buyurdi.
Хонанда Жасур Умиров уйланди pic.twitter.com/UYHE3tZ0zH
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 3, 2022
«VIA Marakand», Hosila Rahimova, Imron, Ozoda Nursaidova, Mahmud Namozov, Bunyodbek Saidov, Mavluda Asalxo‘jayeva, Asilbek Amanulloh, Vohidjon Isoqov, Doston Ergashev va boshqa ko‘plab xonandalar nikoh oqshomida qo‘shiq kuylab, kelin-kuyovga baxt tiladi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 3, 2022
Kelin-kuyov Shohjahon Jo‘rayevning «Bitta bo‘lsin» qo‘shig‘i sadolari ostida ilk oilaviy raqsini ijro etdi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 3, 2022
2021 yilda Jasur Umirov voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Keyinroq u o‘zining qamalishiga sabab bo‘lgan qizga uylangani haqida xabar berilgan edi.
2022 yilning avgust oyida bergan intervyularidan birida Jasur Umirov oddiy oilaning qiziga, sevgisiz uylanish niyati borligi haqida gapirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar