
Amerikalik kinoaktyor Tom Kruz suratga tushayotgan «Uddalab bo‘lmas topshiriq: O‘lim uchun to‘lov» jangovar filmida bajarishi kerak bo‘lgan eng xavfli tryuk haqida gapirib berdi.
Aktyor samolyotdan sakrab tushishi aks etgan video e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tgach, loyihadagi eng xavfli manyovr u mototsiklni jar yonida haydab ketayotganida bo‘lganini aytdi.
«Bu, shubhasiz, biz hozirgacha qilgan eng xavfli ish. Norvegiyada tryukni suratga olamiz va bu mototsiklning jardan sakrashi bo‘ladi», — deydi 60 yoshli aktyor. Ma’lumot uchun, loyihaning premerasi 2023 yilning iyul oyiga rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar