date
views 1 496

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari boshlanmoqda

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari boshlanmoqda
Bugundan Yangi O‘zbekiston bog‘ida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari boshlanadi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bog‘ hududida 1 yanvardan 8 yanvarga qadar aholini turli qiziqarli tomoshalar kutmoqda.
Eng shijoatli ishtirokchilar uchun, turli teatr tomoshalar, konsertlar va Qorbobodan sovg‘alar tayyorlab qo‘yilgan”, - deyiladi xabarda.

Yanvar oyidagi dastur mehmon san’atkorlari:
1 yanvar - Rayhon;
2 yanvar - Imron;
3 yanvar - Yorqinxo‘ja Umarov;
4 yanvar - Doston Ergashev.

Konsert dasturlari soat 20:00dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi teatr, konsert zallari, ko‘ngilochar maskanlar bolalar va ularning ota onalari uchun unutilmas tomoshalar tayyorlab qo‘ygan. Yangi yil archa bayramlariga bag‘ishlangan sayillar bir qator tumanlarda joylashgan ko‘ngil ochar maskanlarda 5 yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Sayillarda ishtirok etish bepul.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari boshlanmoqda