Rayhonning Instagram`dagi surati muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon o‘zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirgan navbatdagi surati internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Mazkur suratni deb hatto xonandaning muxlislari bir-birlari bilan urishib ketishdi, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.
Suratga Rayhon sport mashg‘ulotlari paytida tushgani ko‘rinib turibdi. Uning egnidagi qora rangli engsiz futbolka aksariyat internet foydalanuvchilarga o‘ta “ochiq-sochiq” tuyuldi.

“Ustingizga narsa tashlab oling”, “Judayam ‘ochilib’ ketibsiz” qabilidagi izohlarni xonanda javobsiz qoldirdi.
Rayhonning ashaddiy muxlislari esa bunday salbiy fikrlardan sevimli xonandasini himoya qilish bilan ovora. Fikrlar qarama-qarshiligi internet foydalanuvchilarini ikki guruhga ajratib yubordi. Kimdir xonandaning kiyimini tanqid qilsa, yana bir guruh foydalanuvchilar uning kiyimida tanqidlarga sabab bo‘ladigan jihatlarni ko‘rmayotganini bildirgan.






























Izohlar 0
…