16:38 / 14.01.2023
474

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan hazil she’r

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan hazil she’r
Hazil she’r😄

Singlimmisiz yo yormisiz,
Mug‘ombiru, ayyormisiz,
Ey ayollar tayyormisiz,
Erkaklarning bayramiga?

Bilmam, qancha ig‘vongiz bor,
Har kun bitta g‘avg‘ongiz bor,
Bugun qandoq sovg‘angiz bor,
Erkaklarning bayramiga?

Sovg‘a izlang sal bundayroq,
Hech bo‘lmasa, to‘n va qalpoq,
Yarashmaydi endi paypoq,
Erkaklarning bayramiga!

Eng chiroyli so‘zni harflang,
Xizmatiga jonni saflang,
Yashirilgan pulni sarflang,
Erkaklarning bayramiga.

Hamdam, Muxtor, Ali, Vali,
G‘ulom kelar... keyin G‘ani,
Dasturxonni tuzang qani,
Erkaklarning bayramiga.

Oshlar damlang yog‘liq-yog‘liq,
Qilsak arzir ko‘ngli chog‘liq,
Sakkizinchi mart ham bog‘liq,
Erkaklarning bayramiga.

Mayli tillo va la’l bermang,
Puch yong‘oq va’dalar bermang,
Bir iltimos: halal bermang,
Erkaklarning bayramiga!

Manba: @mehrli_kanal

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan hazil she’r