Ravshan Sobirov bitiruvchi o‘g‘li uchun “Hayr maktabim”ni kuylab berdi

Mana 15 yildan ortiq “Setora” guruhi va xonanda Ravshan Sobirov ijrosidagi “Xayr maktabim” taronasi barcha maktablarning “So‘nggi qo‘ng‘irog‘i”da yangrab kelmoqda, deyiladi "Darakchi" nashrida.
Bugun 25 may kuni barcha maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Poytaxtimiz maktablaridan birida barcha maktab bitiruvchilarining madhiyasiga aylanib qolgan “Xayr maktabim” taronasi shaxsan uning ijrochilari tomonidan kuylandi. Ushbu hodisa Ravshan Sobirovning o‘g‘li bitirayotgan maktabda bo‘lib o‘tdi. Unda shaxsan xonandalarning o‘zlari ishtirok etib, barcha bitiruvchilar uchun “Xayr maktabim”ni ijro etishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing