18:00 / 06.02.2023
2 011

Aktrisa Dildora Umarova o‘zidan 20 yosh katta insonga turmushga chiqqani haqida gapirdi

Aktrisa Dildora Umarova o‘zidan 20 yosh katta insonga turmushga chiqqani haqida gapirdi
Turli film va seriallardagi obrazi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisa Dildora Umarova “O‘zim” ko‘rsatuviga bergan intervyusida shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi.

Turmush o‘rtog‘im mendan 20 yosh kattalar. Yoshligimda negadir o‘zimdan 20 yosh katta insonga turmushga chiqaman, deb orzu qilganman. Niyat qilsa, bo‘larkan shu narsa. Ular diplomatiya sohasida ishlaganlar. Bularni ko‘rganimda aynan o‘zim xohlagan insonni topdim, deganman. Lekin adam qarshilik bildirganlar. Odamlar nima deydi, deganlar. Lekin turmush o‘rtog‘im bilan suhbatlashib rozi bo‘lganlar”, — deydi Dildora Umarova.

Aktrisa turmush qurganidan keyin turli gap-so‘zlarga uchragani haqida ham aytib o‘tdi.

Turmush o‘rtog‘imning bu ikkinchi turmushi, mening birinchi turmushim. To‘yimizdan keyin ancha gap-so‘zlar bo‘lgan. Dildora o‘zidan ancha katta insonga tegibdi, tinchlikmikan, deyishgan. Lekin bu gaplarga umuman e’tibor bermaganman. Hozir ham turmush o‘rtog‘im bilan bozorda yursak, 'Singlim adangizga ayting sizga mana bu narsani olib berishsin', deyishadi. Bu gaplardan umuman xafa bo‘lmayman, aksincha, 'Ha, bular meni adamlar', deb ketaveraman”, — deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Dildora Umarova o‘zidan 20 yosh katta insonga turmushga chiqqani haqida gapirdi