2 307
“Amerikada ishlab erimga mashina va uy olib berdim, lekin oilamni saqlab qololmadim” - Mohichehra Shomurodova
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra Shomurodova “Sevimli” telekanalining “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti, xususan yolg‘iz farzandining kasalligi haqida so‘zlab berdi.
“Noto‘g‘ri insonni tanlaganimni to‘yim kuni bilganman. Insonning birgina noto‘g‘ri qarori keyingi hayotiga anchagina ta’sir qiladi. O‘sha qiyinchilik va stresslar ichida yashaganim uchun Xudoyim menga hammadan boshqacha farzand berdi. Bolam yig‘lasa o‘zim ham unga qo‘shilib yig‘lardim. Toshkentda qarindosh urug‘larsiz, yaqinlarsiz yashardik, juda qiyin bo‘lgan. Hozirgi erishgan narsalarim o‘sha qiyinchiliklarimning ajri deb hisoblayman.
Amerikaga ketishimning sababi…
Foto: Instagram / @mohichehra_shamurotova_
Turmush o‘rtog‘im bilan janjallarning sababini u menga hech narsamiz yo‘qligida, deb miyamga quyishni boshladi. Uyimiz, joyimiz bo‘lsa, hamma sharoitni qilib olsak, janjal bo‘lmaydi, dedi.
Bolam to‘qqiz oylik payti Amerikaga konsertga bordim. O‘shanda bizga Amerika vizasini bir yilga urib berishgan. Kelganimdan keyin ko‘pchilik sozandalarimiz yana qaytib ketishdi. Meni ham chaqirishdi. Buni eshitgan xo‘jayinim meni ham Amerikaga yuborish payiga tushib qoldi.
'Imkoniyat borida ketish kerak, men ham hujjatlarimni tayyorlayapman, sen boraversang, orqangdan boraman', dedi. Men esa 'Qo‘limda emizikli bolam bor, qanday qilib uni tashlab ketaman?', dedim. Erim esa 'Hayotimiz yaxshilanib ketsa, bir yilga qaramay qaytib kelasan, bolangga onang qarab turadi', dedi. Men ko‘nmadim. Bir kuni samolyot chiptasini olib keldi. O‘rtoqlaridan qarz olib, sotvolibdi.
Bolam autizm kasalligi bilan tug‘ilgan
Foto: Instagram / @mohichehra_shamurotova_
Bolam Allohning inoyati bilan autizm kasalligi bilan tug‘ilgan. Autizm ekanini juda kech bilganman. Bir oylik chaqaloqligidan unda tutqanoqlar boshlangan. Davolanishni boshlaganmiz, jismonan juda yaxshi rivojlangan. Lekin hamma narsani yig‘lab tushuntirardi. Bolam bilan xayrlashib, Amerikaga ketgan kunim haligacha esimda. 1 yosh-u uch oylik bola hech narsani sezmay yuzimga qarab kulib turardi. O‘sha kunni eslasam hozir ham boshqacha bo‘laman.
Amerikada ishlab, menedjer darajasiga ko‘tarilganman
Shu bilan ketdim, yaxshi odamlar hamma joyda bor ekan. Bir oila meni o‘zi qizidek qabul qildi. Ikki qiz, bir o‘g‘illari bor edi. Hozirgacha ular bilan bordi-keldimiz bor. Ota-onamdek bo‘lib qolishgan, judayam ko‘p yordam berishgan. Bolamni sog‘inib, qancha ko‘z yosh to‘kkan bo‘lsam, hammasiga guvoh bo‘lishgan. Men o‘shanda endi san’at tugadi, hayotim o‘sha yerda davom etadi, deb o‘ylaganman. Chunki sahnalarda qo‘shiq aytib yurgan 22 yoshli qiz birdaniga okean ortida, begona tilda gaplashadigan odamlar orasida paydo bo‘lib qolganimda, men uchun hayot tugagan o‘shanda.
Bir tomonda bolamning sog‘inchi, bir tomonda ashula ayta olmayotganim meni adoyi tamom qilgan. Ishlab-ishlab, katta menedjer darajasigacha ko‘tarilganman. Har hafta uyimga pul jo‘natardim. Ota-onamga, aka-ukamga emas, turmush o‘rtog‘imga jo‘natardim.
Yosh bo‘lganim uchun, uyimiz bo‘lsa, hayotimiz yaxshilanib ketadi, deb ishonganman. Oilamni saqlab qolishga harakat qilganman. Olti oy o‘tmay erim o‘ziga mashina oldi. Buni men o‘rtoqlarimdan eshitdim.
Amerikada boshim devorga urila-urila tarbiyalandim. Olti oyda mashina, bir yilda uy olib berdim, lekin bolamga bitta dorisini olib bermagan turmush o‘rtoq menga nimaga kerak edi?
Men o‘sha yerda tushunib yetdimki, demak men bir umr kuchli ayol rolida qolarkanman. Amerikadan qaytib kelganimda men oyog‘ida mustahkam tura oladigan, o‘ziga ishongan ayolga aylandim. Chunki Amerika sizni shunchaki pul berib boqmaydida, men sutkasiga 17 soat ishlardim. Krossovka oyoqlarimni qabartirib yuborardi. Uch soat uxlasam yetadi, derdim. Chunki uyda qolsam, bolamni sog‘inib yig‘lashni boshlardim. Men bolamni Amerikaga olib borib, davolatishni judayam xohlardim. Lekin erim ruxsat bermadi. O‘ziyam bormadi, bolam ham tuzalmadi.
Na o‘ziga, na bolamga yaxshilik qildi. Bolam 4 yosh bo‘lganida Amerikadan qaytib keldim. Kelgan kunim ota-onamga ajrashaman, dedim. Kuchli bo‘lishdan charchagandim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»